Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi bir necha maktab o‘quvchilari pnevmatik miltiqdan otish bo‘yicha musobaqada ishtirok etishdi.

Musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi va 14 yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan eʼlon qilingan «Harbiy vatanparvarlik oyligi» doirasida 18 yanvar kuni o‘tkazildi. 
Tadbir Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda Olmazor o‘quv-texnik sport klubi unitar korxonasi o‘quv bazasida tashkil etildi.
Musobaqada Toshkent shahridagi Prezident maktabi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va Abu Ali Ibn Sino nomidagi maktab o‘quvchilari ishtirok etdi.
Umumjamoa hisobida Prezident maktabi jamoasi 1-o‘rinni, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi 2-o‘rinni va Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi 3-o‘rinni egalladi.
Yakkalik birinchiligida Abu Ali Ibn Sino nomidagi maktab o‘quvchisi K.Abduraimov 50 ball bilan 1-o‘rinni, Prezident maktabi o‘quvchisi J. Arifjanov 49 ball bilan 2-o‘rinni va Mirzo Ulug‘bek nomidagi maktab o‘quvchisi B. Orziyev 43 ball bilan 3-o‘rinni egallashdi.
Qizlar o‘rtasida esa Prezident maktabi o‘quvchisi M. Rashidova 25 ball bilan birinchi o‘rinni egalladi. Musobaqa so‘ngida g‘oliblarga diplomlar va sovrinlar topshirildi.