TOSHKENT SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABI O‘QITUVCHISI “WORLD TALENT” TANLOVI G‘OLIBI BO‘LDI

Toshkent shahridagi Prezident maktabining  “Zamonaviy yondashuv” fani o‘qituvchisi Jahon xalqaro yoshlar uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan “World Talent” tanlovining ta’lim yo‘nalishi g‘olibligini  qo‘lga kiritdi. 

 Adolat O‘rolova TESL, TEFL, TKT xalqaro sertifikatlari sohibasi hamda Taekwondo bo'yicha 2 karra qora belbog‘ sohibasi va Webster universiteti magistranti.

 Ma’lumot o‘rnida, mamlakatimiz yoshlari orasida yana 6 nafari mazkur tanlov bo‘yicha g‘olib bo‘lishdi.