Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o’quvchisi Islom Boyqobilov “Ibrat Academy” marafoni g’olibi bo’ldi.

Islom Boyqobilov Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan “Ibrat Academy” marafonining final bosqichida yuqori natija koʻrsatdi va gʻolib sifatida Londonga bir haftalik bepul taʼlim sayohati yoʻllanmasiga ega boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, Agentligimiz tizimidagi Xatirchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻqituvchisi  (https://t.me/piimauz/14667?single)Ilhomjon Baxronov hamda “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabasi  (https://t.me/piimauz/14687)Shamshodbek Axmadov ham “Ibrat Academy” marafonining final bosqichida eng yuqori natija koʻrsatib, Londonga taʼlim sayohatini qoʻlga kiritgan edi.