"Turon" kutubxonasida "Turkiston muxtoriyati"ning 105-yilligiga bag'ishlangan O‘zR FA Tarix instituti, "Turon" kutubxonasi va Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi rahbariyati hamkorligida tadbir uyushtirildi. Tashkilot rahbarlari tomonidan qutlov so‘zlari aytildi. Tarix instituti bosh ilmiy xodimi Qahramon Rajabov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiyaning professori Saidakbar Agzamxodjayev va boshqalar so‘zga chiqdilar.
Maktab o‘quvchilari Abdulla Qodiriyning "Ahvolimiz" va Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lponning "Turkiston muxtoriyati madhiyasi" she’rlari bilan ishtirok etdilar.
Tadbirda tashkilot tarixi va tarixiy shaxslar, milliy matbuot, Turkiston birligi g‘oyasi hususida va tushunchalarga ta’riflar berildi.