Turkiyada bo'lib turgan Prezident ta'lim muassasalari agentligi delegatsiyasi Istanbul Milliy ta'lim boshqarmasi rahbariyati bilan uchrashdi

Ayni damda Turkiyada bo'lib turgan Prezident ta'lim muassasalari agentligi delegatsiyasi Istanbul Milliy ta'lim boshqarmasi (İstanbul İl Milli Eğitim Müdürlüğü) rahbariyati bilan uchrashdi. 

Mazkur uchrashuv doirasida Agentlik vakillari IB dasturi tatbiq etilgan Chemberlitosh Anadolu litseyida ham bo'lib, maktab faoliyati hamda dars jarayonlari bilan tanishishdi. 

❗️Mazkur uchrashuvlar O'zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi yordamida tashkil etildi.

Eslatib o'tamiz, Agentlik delegatsiyasi Turkiyaning Istanbul shahrida bo'lib o'tayotgan o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish bo’yicha yondashuvlarni moslashtirish va ommalashtirish global tadqiqot loyihasi doirasidagi konferensiyada ishtirok etishmoqda.