#Turon_yoʻlbarslari
#taqdirlash
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasi yakunlandi.
Musobaqaning Agentlik bosqichida 9 ta jamoa “Temur tuzuklari” bilimdoni, kamondan o‘q otish, qurolni to‘liq bo‘lmagan qismlarga ajratish va yig‘ish, sport qurolidan o‘q otish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish kabi shartlar asosida oʻzaro bellashdi.
Yakuniy natijalarga koʻra:
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining "Yosh gvardiyachilar" jamoasi 1-oʻrin;
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining "Vatanparvar" jamoasi 2-oʻrin;
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining "Sohibqiron" jamoasi 3-oʻrin.
Musobaqaning yopilish marosimida gʻoʻlib va sovrindorlar taqdirlandi.
Maʻlumot oʻrnida, mazkur musobaqa doirasida “Harbiy qismda bir kun”, “Gulxan atrofida ijodiy kecha”, “Uch avlod uchrashuvi”, Guliston shahri boʻylab, shuningdek, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabiga sayohat tadbirlari ham tashkil etildi.