"TURON YOʻLBARSLARI" HARBIY-SPORT MUSOBAQASINING AGENTLIK BOSQICHI BOSHLANDI

#Turon_yoʻlbarslari
#birinchi_kun 

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining hududiy bosqichlaridan saralangan 9 ta jamoa  “Temur tuzuklari” bilimdoni, kamondan o‘q otish, qurolni to‘liq bo‘lmagan qismlarga ajratish va yig‘ish, sport qurolidan o‘q otish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish kabi shartlar asosida oʻzaro bellashadi.   

Ishtirokchilar uchun “Harbiy qismda bir kun”, “Gulxan atrofida ijodiy kecha”, “Uch avlod uchrashuvi”, Guliston shahri boʻylab, shuningdek, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabiga sayohat tadbirlari ham rejalashtirilgan. 

Ertaga, 3-may kuni “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining yopilish va taqdirlash marosimi boʻlib oʻtadi.