#Qabul_2024
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
❓IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA QAYSI SINFGA NECHA NAFARDAN OʻQUVCHILAR QABUL QILINADI?
➖Umumtaʼlim muassasalarining 4-sinfini tamomlagan oʻquvchilar ixtisoslashtirilgan maktablarning aniq fanlar yo‘nalishi boʻyicha 5-sinfiga, 6-sinfni tamomlagan o‘quvchilar esa tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 7-sinfga belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida 24 nafardan qabul qilinadi.
Shuningdek, yangi tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarga birinchi o‘quv yili uchun aniq fanlar yo‘nalishiga 5-, 6-,7-,8-,9-,10-,11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishiga 7-,8-,9-,10-,11-sinflarga o‘quvchilar qabul qilinadi.
❓O‘QUVCHI RESPUBLIKADAGI XOHLAGAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABGA HUJJAT TOPSHIRA OLADIMI?
➖ O‘quvchilar faqat o‘zlari o‘qiyotgan umumta’lim muassasasi joylashgan hudud (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri)dagi ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘qishga qabul qilinadi.
Shuningdek, Respublikaning turli hududlaridagi talabgorlar Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 5-sinfiga hamda Mirzo Ulug‘bek va Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning 7-sinfiga parallel ravishda hujjat topshirishlari mumkin.
❓IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN OʻQUVCHINING BAHOLARIGA QANDAY TALAB QOʻYILADI?
➖Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshiradigan talabgorning baholariga hech qanday talab qo‘yilmaydi. Misol uchun, fanlar boʻyicha yillik baholari 5 (aʼlo), 4 (yaxshi) yoki 3 (qoniqarli) boʻlgan talabgor hujjat topshirishi mumkin.
🕊HUDUDLARDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR https://t.me/piimauz/16105