“Uchinchi renessans – yoshlar nigohida” tanlovi nihoyasiga yetdi

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari hamda jamoa a’zolari o‘rtasida o‘quvchi-yoshlarni intellektual salohiyatini rivojlantirish, jamiyatda olib borilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirish, ularning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, pedagoglarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi faolligini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish, iqtidorli o‘quvchilar va pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish orqali ularning ta’lim va ilm-fanga qiziqishlarni yanada oshirish maqsadida o‘tkazilgan “Uchinchi renessans – yoshlar nigohida” nomli loyihalar tanlovining 2-bosqichi yakunlandi.

Hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra g‘oliblar quyidagi tartibda belgilandi:

“Xalqimiz qadriyati, urf-odat va an’analari hamda madaniyatini o‘rganish va targ‘ib qilishda innovatsion yondashuv nominatsiyasi” bo‘yicha:

1-o‘rin – E.Voxidov ijod maktabi tomonidan taqdim qilingan “O‘zbegim” platformasi uchun;

2-o‘rin –  Xiva Prezident maktabi tarix fani o‘qituvchisi Farrux Hakimov tomonidan taqdim qilingan kechmish.uz sayti loyihasi uchun;

3-o‘rin – Muhammad Yusuf ijod maktabi o‘qituvchilari tomonidan taqdim qilingan Andijon viloyati milliy qadriyati va an’analarini targ‘ib qiluvchi hamda Andijon ichki turizmini rivojlanishiga hissa qo‘sha oladigan QR-kodli mobil ilova loyihasi uchun;

“Maktablarda sifatli bilim olishda o‘quvchilarning  manfaatdorligini (motivatsiyasini) oshirish va rag‘batlantirish uchun o‘quv jarayoni va metodikasini o‘zgartirish yo‘llari nominatsiyasi” bo‘yicha:

1-o‘rin – Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining  direktor o‘rinbosari O.R.Murodovning ta’lim sifatini oshirish yuzasidan bildirgan yechim va takliflari loyihasi uchun;

2-o‘rin Namangan Prezident maktabi o‘quvchilari X.Baxodirov va J.Akramovlarning o‘quvchilar motivatsiyasini kuchaytirish va tajriba almashishini yo‘lga qo‘yish yuzasidan taklif qilingan SWITCH loyihasi uchun;

3-o‘rin – Termiz shahridagi Prezident maktabi pedagoglari Sh.Xamdamova, M.Sheraliev va F.Abduraimovlarning O‘zbekiston ta’limidagi muammolar hamda ularning yechim va takliflari loyihasi uchun;

“O‘quvchi-yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga qiziqtirishning noan’anaviy usullari nominatsiyasi” bo‘yicha:

1-o‘rin – Abu Ali ibn Sino  nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab “EVEREST” jamoasining “ECO-PROTECT” nomli loyihasi uchun;

2-o‘rin Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi E.Ilyasov hamda 9-02-sinf o‘quvchilari A.Sohobataliev, A.Xojimurodov va U.Xoshimboyevlar tomonidan taqdim qilingan o‘quvchi-yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga qiziqtirishda innovatsion darslik loyihasi uchun;

3-o‘rin – Buxoro Prezident maktabi tarbiyachi-pedagogi Nargisa Rahmatovaning “To‘garaklarda o‘quvchilarning yaratuvchanlik qobiliyatini shakllantirish” loyihasi uchun;

G‘oliblar Agentlik tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.