Xalqaro iqtisod olimpiadasiga start berildi

Bugun xalqaro iqtisod olimpiadasi (IEO 2022) ning test jarayonlari boshlandi va ushbu olimpiadada O‘zbekistonlik 5 nafar iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etmoqda. Olimpiada masofaviy (onlayn) bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu olimpiadada Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o‘quvchilari ham jamoa a'zolari sifatida ishtirok etishmoqda. 

1. Abdumo‘minov Jaloliddin Jahongir o‘g‘li - Farg‘ona shahar, Prezident maktabi o‘quvchisi;

2. Abdullajonov Azizbek Doniyorbek o‘g‘li - Andijon shahar, Prezident maktabi o‘quvchisi.

O‘quvchilar onlayn olimpiadada Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida ishtirok etishmoqda.