“Xalqora ertaklar kuni” munosabati bilan tadbir tashkil etildi

Barkamol yoshlarni voyaga yetkazish, ularning kelajakda yetuk shaxs bo'lib ulg'ayishini ta'minlash yurt ravnaqi yoʻlida asosiy maqsadlardan biri hisoblanadi.  Bu borada olib borilayotgan islohotlar mamlakat rivoji kafolatidir.
Prezidentimiz tomonidan yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to'g'ri foydalanish ko'nikmasini shakllantirish, kitobxonlikni targ'ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta'minlash masalalari bo'yicha ilgari surilgan 5 muhim tashabbusni amalga oshirish maqsadida Nukus shahridagi Prezident maktabi kutubxonachisi tashabbusi bilan o’quvchilarni yoshlarning kitob o'qish madaniyatini oshirish va kitob o'qishga qiziqtirish maqsadida 26-fevral “Xalqora ertaklar kuni” munosabati bilan “The world of fairy tales” tadbiri bo'lib o'tdi.
Tadbirda o'quvchilar tomonidan o'z sevgan ertak qaxramonlari rollarini mahorat bilan namoyish etdilar.Bu kabi tadbirlar  yosh avlod ma'naviyatini shakllantirish bilan birga, ularning adabiyot, ijod va kitobga bo'lgan qiziqishlarini oshirishda ham koʻmakchi boʻladi.