Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahridagi Prezident maktabi bitiruvchilari dunyoning yetakchi universitetlariga qabul qilinmoqda!
1. Robiya Sobirova Missuri va Mayami universitetlariga qabul qilinib, Xavier universitetining 100 000 $, Arizona universitetining 44 000 $ stipendiyasiga ega bo'ldi.
2. Azizbek Ortiqov Missuri universitetidan qabul maktubini olgan bo'lsa, Arizona Universitetidan 60 000 $ lik stipendiya sohibi bo'ldi.
3. Islombek Abdullayev Missuri universiteti talabasiga aylanish bilan birga, Arizona universitetining 60 000 $ stipendiyasiga ega bo'ldi.
4. Nodirbek Sa’dullayev Arizona universitetidan 44 000 $ miqdorida stipendiya yutib oldi.
5. Baxtiyor Duschanov Missuri Universitetiga qabul qilinish bilan birga Xavier Universitetidan 92 000 $ miqdoridagi stipendiyagaga ega bo'ldi.