Xivada xalqaro «Kenguru» olimpiadasi o'tkazildi

Xiva shahar xalq ta'limi bo'limiga qarashli 2-son umumiy o'rta ta'lim maktabida “Kenguru-2021” tanlovi bo'lib o'tdi. 

Tanlovda Xiva shahar xalq ta'limi bo'limiga qarashli maktab o'quvchilari, Xiva shahrida joylashgan Ogahiy ijod maktabi hamda Prezident maktabidan  jami 165 nafar o'quvchi ishtirok etdi.

Tanlov ota-onalar kengashi a'zolari va maktab kuzatuv kengashi raisi ishtirokida o`tdi. 

 Ma’lumot uchun, «Kenguru» - eng ommaviy xalqaro matematika tanlovlaridan biri bo'lib, unda har yili 80 dan ortiq mamlakatning 8 mln o'quvchisi ishtirok etadi. O'zbekistonda 2018-yildan buyon o'tkazilmoqda. Xiva shahrida bo'lib o'tgan olimpiadada Ogahiy ijod maktabi hamda Prezident maktabidan 165 nafar o'quvchi ishtirok etdi. Ularning barchasiga sertifikatlar topshirildi.