XORAZMDAGI MAKTABLARIMIZ O'QITUVCHILARI "ZAKOVAT"DA KUCH SINASHISHDI

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Xorazm viloyatida joylashgan ta‘lim muassasalari  o‘qituvchilari o‘rtasida  “Zakovat” intellektual o‘yinining 2-turniri bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa Shovot tuman ixtisoslashgan maktab-internatida o‘tkazildi. 

Zakovat bellashuvida Agentlik tizimidagi 12 ta jamoa qatnashdi. Maktab direktorlari jamoa sardori sifatida musobaqada munosib ishtirok etishdi.

Golib jamoa 5 bosqichdan iborat bellashuvlar natijasiga ko‘ra aniqlanadi.