Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining g‘oliblari bugun Buyuk Britaniyaga 7 kunlik ta’lim safariga yo‘l oldilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining g‘oliblari bugun Buyuk Britaniyaga 7 kunlik ta’lim safariga yo‘l oldilar. 

Safar chog‘ida dunyoning eng nufuzli Cambridge va Oxford universitetlariga tashrif hamda boshqa intellektual tadbirlar rejalashtirilgan.  

Hozirgi kunda ushbu g‘olib bo'lgan ingliz tili oʻqituvchisi Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktabda faoliyat olib bormoqda, g‘olib o‘quvchilarning barchasi ushbu maktablarda tahsil olishmoqda.

 Surxondaryo viloyati Denov tumani jamoasi bilan tanishing!

U. Meliyeva (o‘qituvchi)
G. Abduraxmonova (o‘quvchi)
H. Norqulova (o‘quvchi)
D. Axmadov (o‘quvchi)
A. Omonullayev (o‘quvchi)
A. Hamdamov  (o‘quvchi)

G'oliblarga maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari oq yo‘l tilashdi.