Yana bir o‘quvchi xalqaro olimpiada g‘olibi bo‘ldi 

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Al-Xorazmiy nomidagi maktab o‘quvchisi xalqaro olimpiada g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Ushbu maktabning 8-sinf o‘quvchisi Ozodbek Axtamov 7-Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida kumush medal sohibi bo‘ldi.

Darvoqe, Ozodbek AIMO tomonidan 2021 yilda o‘tkazilgan Xalqaro olimpiadada 1-o‘rinni egallab, oltin medalni qo‘lga kiritgan.