YANGI BAHOLASH TIZIMI -TA‘LIMGA YANGICHA YONDASHUV

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabida Summativ baholash tizimi tajriba-sinov tariqasida amaliyotga tatbiq etilgan edi. 

Shu munosabat bilan, joriy yilning 26-yanvar kuni mazkur tizimning yarim yillik natijalari muhokamasiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. 

Trening davomida, tizimda erishilgan yutuq va yuzaga kelgan kamchiliklar ekspert guruh tomonidan tahlil qilindi. 

Ma'lumot o'rnida, ijobiy natija kutilayotgan ushbu baholash tizimini tajriba-sinov muddatidan so‘ng  barcha ixtisoslashtirilgan va ijod maktablariga joriy etish ko‘zda tutilgan.