YANGI OʻQUV YILIGA TAYYORGARLIK ISHLARI JOYLARGA BORIB OʻRGANILMOQDA

#qabul_2024
#ishchi_guruh

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish, xususan joylarda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlarini haqqoniy oʻrganish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda. 

Navbatdagi o‘rganishda Agentlikning Samarqand viloyati Oqdaryo tuman 2-son, Pastdargʻom tuman 2-son hamda Nurobod tuman ixtisoslashtirilgan maktablarining shart-sharoitlari ko‘zdan kechirildi. Sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi doirasida yangi oʻquv yilidan STEM fanlarini ingliz tilida oʻqitishni tashkil etish boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktablarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. 

Agentlik direktori oʻrganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan zarur topshiriq va koʻrsatmalar berdi.