YANGI OʻQUV YILIGA TAYYORGARLIK ISHLARINI JOYLARGA BORIB OʻRGANISH DAVOM ETMOQDA

#qabul_2024
#ishchi_guruh

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish, xususan joylarda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlarini haqqoniy oʻrganish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda. 

Navbatdagi o‘rganishda Agentlikning Qashqadaryo viloyati Qarshi, Qamashi, Kitob, Yakkabogʻ hamda Koʻkdala tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablarining shart-sharoitlari koʻzdan kechirildi. Sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi doirasida yangi oʻquv yilidan STEM fanlarini ingliz tilida oʻqitishni tashkil etish boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktablarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Agentlik tizimidagi maktablarga 2024/2025-oʻquv yili uchun kirish imtihonlari oʻtkaziladigan obyektlarning tayyorgarlik holati oʻrganildi.

Shuningdek, A.Ubbiyev Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida ham boʻlib, taʼlim maskaniga yangi oʻquv yili uchun iqtidorli oʻquvchilarni saralab olishni koʻzda tutuvchi kirish imtihonlarining 1-bosqichi jarayonlarini yaqindan kuzatdi. 

Agentlik direktori taʼlim maskanlardagi oʻrganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan zarur topshiriq va koʻrsatmalar berdi.