"Yangi O‘zbekiston" universiteti talabalari Germaniyada qisqa muddatli amaliyot o‘tashmoqda

Xabaringiz bor, "Yangi O‘zbekiston" universiteti talabalari Germaniyada qisqa muddatli amaliyot o‘tashmoqda. 

Talabalar TUM Internatsional tashkilotida bo‘lishdi. Tashkilot vakillari tomonidan delegatsiya aʼzolari uchun tanishtiruv qismi tashkil etildi. 

Shundan so‘ng, “Batareya tadqiqoti – batareya kelajagi va uning istiqbollari” mavzusida treninglar bo‘lib o‘tdi. 

Treninglar yakunida, universitet talabalari va xodimlari uchun kampus va laboratoriya bo‘ylab tur tashkil etildi.