"Yangi O'zbekiston" universitetiga kirish imtihoni sentabr oyining 6-8-sanalaridan birida 1 kun mobaynida o'tkazilishi rejalashtirilmoqda. Imtihondan oldin barcha nomzodlar uchun tanishtiruv-maslahat kuni ham tashkil etiladi.
Imtihon davomiyligi: 3 soat (har bitta fan uchun 90 daqiqa vaqt chegarasi belgilangan)
Imtihon tili: ingliz tili
Yo‘nalishlar va fanlar:
• Kimyo muhandisligi yo'nalishi nomzodlari uchun: Matematika va kimyo
• Mashinasozlik yo'nalishi nomzodlari uchun: Matematika va fizika
• Dasturiy ta'minot yo'nalishi nomzodlar uchun: Matematika va fizika
Imtihon maksimal ballari:
Kimyo va fizika- 60 ball
Matematika - 60 ball
Barcha savollar maktab darsliklariga asoslanadi. Test namunalari newuzbekistanuniversity.uz saytining "Admission" bo'limiga joylashtirilgan.
Javoblar varaqasi Cambridge Assessment tashkiloti vakillari tomonidan Angliyaga olib ketiladi hamda imtihon natijalari sentabr oyining oxiriga qadar e’lon qilinadi. Ingliz tilini bilish darajasi sertifikatini topshirmagan nomzodlar 15-sentabrga qadar taqdim etishi talab etiladi.
Eslatib o'tamiz, nomzodlarning o‘zi ro'yxatdan o'tishda foydalangan elektron pochta manziliga imtihon sanasi, vaqti va aniq joyi to'g'risida xabar yuboriladi. Shuningdek, Universitetning rasmiy saytida ham e'lon qilinadi.