"Yangi O'zbekiston" universiteti talabalari uchun Germaniyada stajirovka

 

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi "Yangi O'zbekiston" universiteti talabalarining 8-10 nafari joriy yilning aprel oyida 7 kunlik stajirovka uchun  Myunxen shahriga yuborilishi rejalashtirilmoqda.

7 kun ichida talabalar:

TUMda kampus-tur
Talabalar o'zlarining tadqiqot sohalari, qiziqishlari metodologiyasi haqida ko'proq ma'lumotga, shu bilan birga yangi ko'nikmalarga ega bo'lishadi.

Tadqiqotlarda ishtirok etish
Myunxen laboratoriyalari kuzatuvchilari rahbarligida o‘z nazariy bilimlarini qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladilar!

Hackathon va Ideathonda qatnashish imkoniga ega bo'ladilar

SARALASH:
Talabalarni saralash maxsus ishlab chiqilgan tizim bo'yicha, 3 bosqichda bo'lib o'tadi!  Undan MUVAFFAQIYATLI O'TGAN talabalar Germaniyaga yo'l oladilar.

Batafsil ma'lumot uchun universitetning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo'ling: