Yangi tashkil etilgan 166 ta Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga kvota doirasida aniq fanlar yo'nalishi bo'yicha 5-sinfga, tabiiy fanlar yo'nalishi bo'yicha 7-sinfga qabul qilinadi.

#Ixtisoslashtirilgan_maktablar 
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

❗️Yangi tashkil etilgan 166 ta Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga kvota doirasida aniq fanlar yo'nalishi bo'yicha 5-sinfga, tabiiy fanlar yo'nalishi bo'yicha 7-sinfga qabul qilinadi.

🗂 Quyidagi hujjatlar topshiriladi:

🔹Hujjatlar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.

➖ tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan); 
➖ baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

🔹 Imtihon bosqichlari.

➖Aniq fanlar yo'nalishi uchun:
-matematika fanidan (30 ta topshiriq)
-ingliz tili fanidan (15 ta topshiriq) 

➖Tabiiy fanlar yo'nalishi uchun: 
-tabiiy (sceince) fanlaridan 30 ta topshiriq (test shaklida)
-ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)

🔹  Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.