Yangi tashkil etilgan ixtisoslashgan maktab-internati o‘quvchilari ham xorijiy universitetlaridan qabul xatlarini olishni boshladi
Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Jizzax shahar 1-son ixtisoslashgan maktab-internati bitiruvchisi Sevinch Xolmirzayeva AQSHning Arizona universitetida o‘qish uchun 88000 AQSH dollarlik grantni qo‘lga kiritdi.
Shu bilan birga Sevinch AQSHning MINNESOTA universitetidan hamda MISSOURI universitetidan qabul xatlarini oldi.