"Zamonaviy ustoz" gazetasida Agentlik tomonidan tashkil etilgan "Yangi O'zbekiston ta'limi: Islohotlar yo'lida muvaffaqiyatli hamkorlik" xalqaro forumi haqida maqola chop etildi.

Joriy yilning 24-25-noyabr kunlari Toshkent shahrida Prezident ta’lim muassasalari Agentligi tomonidan xalqaro hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etilgan anjuman kun tartibidan ta’limni rivojlantirish, o‘qitish sifatini yangi bosqichga olib chiqish, hamkorlikni kuchaytirish, o‘qituvchilar malakasini oshirish masalalar muhokama qilindi. 

Forumdan ko‘zlangan maqsadlar: 

► xorijiy davlatlar vakillarini O‘zbekistondagi ta'lim islohotlari bilan tanishtirish; 
zamonaviy ta'lim tizimini rivojlantirishning xorij tajribasini joriy etish; 
nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan tajriba almashishdan iborat bo‘ldi.   

Forum ishida Prezident ta’lim muassasalari agentligi va xorijiy hamkor tashkilotlar bilan memorandumlar imzolandi. Jumladan:

Turkiya Milliy Ta’lim vazirligi bilan talabalar almashinuvi dasturlari, o‘qituvchilar malakasini oshirish, Kardeş okullar doirasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

The Times Higher Education tashkiloti bilan “Yangi O‘zbekiston" universitetini dunyoning TOP oliygohlari qatoriga kiritish strategiyalarini ishlab chiqishda hamkorlik qilish;

Nottingham Trent universiteti bilan ingliz tili o‘qituvchilari uchun kasbiy rivojlantirish kurslari va ESP dasturi;

► Portsmouth universiteti bilan talabalar almashinuvi va rahbar kadrlar uchun leadership kurslari;

► TeamCoach International tashkiloti bilan o‘qituvchilar malakasini oshirish, seminar-treninglar o‘tkazish kabi masalalar yuzasidan hamkorlik qilishga kelishib olindi. 

Buning natijasida Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari faoliyatida hamkorlikning aniq yo‘nalishlari belgilab olinadi, tajriba almashish jarayonida ta’lim sohasidagi mavjud muammolarga yechim topish, amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligini baholash imkoni paydo bo‘ladi.