Zilzila paytida amal qilish lozim bo‘lgan ko‘rsatmalar

 Hurmatli ota-onalar!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan zilzila paytida amal qilish lozim bo‘lgan ko‘rsatmalar taqdim etilmoqda.

Unda yer qimirlagan vaqtda bino ichida/ko‘chada bo‘lganda nimalarga e’tibor qaratish kerakligi tushuntirib berilgan. 

Yo‘riqnomani farzandingiz bilan o‘qib chiqing va birgalikda muhokama qiling.  

Unutmang, favqulodda vaziyatlar va unda o‘zingizni qanday tutishingiz lozimligi haqidagi bilimlar o‘zingiz va yaqinlaringizga asqatishi mumkin.