Zulfiya ijodi va adabiy-badiiy merosining xalqaro ahamiyati

Zulfiya tavalludining 106 yilligi munosabati  bilan bugun Jizzax viloyati  Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida “Zulfiya ijodi va adabiy-badiiy merosining xalqaro ahamiyati”  mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tdi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish Agentligi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan mazkur anjumanda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish Agentligi rahbari Hilola Umarova hamda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Saidovlar  ishtirok etishdi.

 Hamid Olimjon va Zulfiya haykali poyiga gulchambar  qo’yish marosimi bilan boshlangan tadbir  bu ikki yetuk ijodkorning muzey hamda ijod maktablariga tashrif bilan davom etdi. 

Ayni paytga qadar xalqaro konfrensiyada ishtirok etish uchun jami 150 ga yaqin ilmiy ishlar nafaqat yurtimiz, balki boshqa davlatlardan ham kelib tushdi. 3 nafar xalqaro toifadagi mualliflarning ishlari mazkur  to’plamga kiritilgan bo’lib, unda o’zbek, rus va ingliz tilidagi maqolalar o’rin olgan. Xalqaro ilmiy amaliy anjumani shoira Zulfiyaning adabiy merosini keng targ’ib etish va yosh avlodga yetkazishni maqsad etgan.