“Zulfiya ijodi va adabiy-badiiy merosining xalqaro ahamiyati” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi Sizni 2021-yil 1-martda O‘zbekiston Xalq shoiri, Sharq ayolining timsoli Zulfiyaxonim tavalludining 106 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan “Zulfiya ijodi va adabiy-badiiy merosining xalqaro ahamiyati” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasiga taklif etadi.
Ilmiy yo‘nalishlar:
Zulfiya lirikasining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari. 
- Zulfiya dostonlarida badiiy mahorat masalasi;
- Zulfiya – tarjimon va publitsist;
- Kitobxon ma’naviyatining shakllanishida Zulfiya adabiy-badiiy merosining ahamiyati; 
- Zulfiya asarlarining til xususiyatlari;
- Zulfiya – taniqli jamoat arbobi 
Konferensiyaga materiallarni o‘zbek, rus, ingliz tillarida yuborishingiz mumkin. 
Konferensiyaga taqdim etiladigan maqola va tezislarga qo‘yiladigan talablar:
- Maqola va tezislar konferensiya mavzusiga oid, ilmiy va tugallangan fikrlarga asoslangan, taklif va tavsiyalar bilan taqdim etilishi lozim;
- Maqola va tezislar matnlari A4 hajmda yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm hoshiyaga ega bo‘lishi kerak;
- Maqola va tezislar matni Word matn muharririda, Times New Roman shrifti, 14 o‘lchamida, 1,5 intervalda bo‘lishi va 3 betdan kam bo‘lmasligi lozim;  
- Maqola, tezislarning sarlavha qismining birinchi qatorida uning nomi, ikkinchi qatorida muallifning ismi, familiyasi, elektron pochtasi ilmiy daraja va unvoni, uchinchi qatorida muallifning ish joyi ko‘rsatiladi; 
- Maqola va tezislarning sarlavha qismidan keyin bir qator tashlab annotatsiya va kalit so‘zlar keltiriladi;
- Ko‘rsatilgan muddatdan kechikib taqdim qilingan, konferensiya mavzusi va yo‘nalishiga mos kelmaydigan tezislar nashr etilmaydi;
- Konferensiya to‘plamiga kiritiladigan maqola va tezislardagi ma’lumotlarning haqqoniyligiga muallif javobgar. 
- Konferensiya materiallari 2021-yil 5-fevralgacha a.mamiraliyev@mail.ru elektron manzili yoki @Ma’mura_Sayfullayevna telegram sahifasi orqali qabul qilinadi. 
- Maqolaning har bir sahifasi uchun to‘lov 15 ming so‘m
Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Sh.Rashidov shoh ko‘chasi 1-A uy. Mo‘ljal: Hamid Olimjon va Zulfiya muzeyi
Murojaat uchun telefon: 72-226-10-02 (ijod maktabi qabulxonasi),91-197-73-84 (Ma’mura Yusupova) 
 
Eslatma: konferensiyada xalqaro toifadagi mutaxassislar ZOOM dasturi orqali ishtirok etishi mumkin.
 
 

 Ariza namunasi

Familiyasi, ismi, sharifi

 

Ilmiy darajasi, ilmiy lavozimi

 

Ish joyi va lavozimi

 

Maqola nomi

 

Telefon raqami