Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi

Lavozim band
Ijod maktablari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i

Vazifaviy majburiyatlari:

Ijod maktablaridagi pedagog kadrlar taʼminoti va tarkibi bo‘yicha o‘rganishlarda ishtirok etadi.

Muvaffaqiyatli xorijiy tajribalarni o‘rganadi va ulardan kelib chiqqan holda taʼlimning zamonaviy tizimlari asosida ijod maktablari bilan ishlash mexanizmini takomillashtiradi.

O‘quvchilarning sifatli taʼlim olishlari uchun zarur bo‘lgan ehtiyojlarni aniqlaydi, takliflar tayyorlaydi va amalga oshirilishini taʼminlaydi.

Ijod maktablari direktorlarining mehnat faoliyatini, axloq-iroda sifatlari, iqtidori va ko‘nikmalarini, amalga oshirayotgan ishlarining samarasini obyektiv baholashga asoslangan monitoring yuritadi va nazoratga oladi.

Ijod maktablarida yuksak kasbiy odob-ahloq, korrupsiyaga qarshi turish madaniyatini va unga toqat qilib bo‘lmaydigan munosabatni shakllantirish bo‘yicha taʼsirchan choralarni ko‘radi.

Muntazam asosda ijod maktablaridagi pedagog-kadrlarning professional darajasini oshirish, bunda ularning uzluksiz shu jumladan, xorijda taʼlim olishini (sohaga oid va yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda), tavsiya etadi.

Agentlik tizimida ijod maktablarini rivojlantirish bo‘yicha normativ-huquqiy xujjatlar va boshqa xujjatlarning loyihalarini ishlab chiqadi hamda ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun agentlik rahbariyatiga kiritadi.

Agentlik tasarrufidagi maktablarlarning faoliyati muvofiqlashtirilishini tashkil etadi.

Eng muxim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida ijod maktablari  faoliyatining natijadorligini baholanishini tashkil etadi, maktablar faoliyati samaradorligining o‘lchanadigan indikatorlari (eng muhim ko‘rsatkichlar) ko‘rsatgan natijalar tahlilining xolisligi va haqqoniyligini nazorat qiladi hamda indikatorlar natijalarini tahlil qiladi.

Maktab rahbarlarining salohiyatini oshirib borish bo‘yicha Agentlik rahbariyatiga takliflar beradi.

Agentlik tizimida kadrlar tarkibiga oid hisobotlarni to‘planishi, tahlil qilinishi, Agentlik rahbariyati va boshqa vakolatli yuqori turuvchi organlarga taqdim qilinishini tashkil etadi.

Bo‘limning yillik, yarim yillik va choraklik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun direktorga kiritadi.

Bo‘limning faoliyatini samarali tashkil etish va takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi hamda bo‘lim faoliyatiga oid muhim masalalar haqida direktorga muntazam ravishda axborot beradi.

Bo‘lim ishini takomillashtirish, o‘zining va bo‘lim xodimlarining kasbiy malakasini oshirish choralarini ko‘radi.

Jamoa va mehnat shartnomalari shartlariga hamda ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, odob-axloq qoidalari talablariga rioya etadi, shuningdek bo‘lim xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishlarini nazorat qiladi.

Agentlikning ish rejasi, shuningdek direktor rahbariyati topshirig‘iga asosan xizmat safarlariga boradi.

Direktorning obro‘si va shaʼniga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun xujjatlari talablariga rioya qiladi.

Faoliyatiga taalluqli masalalar bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning, murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqadi, jismoniy va yuridik shaxslarni shaxsan qabul qiladi, sayyor qabullar tashkil etadi.

Bo‘lim boshlig‘iga qonun xujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.

Malaka talablari:

  • kamida bakalavr darajasidagi oliy maʼlumot
  • камида 3 йиллик иш тажрибасига эга бўлиши;
  • чет тилларидан бирини бошланғич даражада билиши;
  • замонавий ахборот-коммуникация технологияларидан иш жараёнида эркин фойдалана билиши.

Maʼqullanadi:

  • tashkilotchilik, yetakchilik;
  • sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan mukammal ishlay olish; yaratilayotgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish va nazorat qila bilish;
  • davlatimizning Agentlik tizimiga oid va bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarini bilishi, ish faoliyatiga tatbiq qila bilish;
  • sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini bilish.




Отправить анкету