"21-OKTABR O'ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGAN KUN"

 Shu munosabat bilan  O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020 yil 10 aprel kuni imzolangan "O’zbek tili kunini belgilash to’g’risida"gi qonunga binoan, 21- oktabr O’zbek tili bayrami kuni etib belgilandi.

    Tili e'tirof etiladigan xalqning o'zi e'tirof etiladi.Millatning birinchi ma'naviy shahodatnomasi ham uning tilidir.O’zbek tilimizga davlat tili maqomi berilgan ushbu kun mamlakatimizda katta ko’tarinkilik bilan bayram qilinmoqda.

    Guliston shahri markazida joylashgan o’zbek adabiy tilining asoschisi, buyuk mutafakkir,she'riyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiyga o’rnatilgan haykal poyiga  gulchambarlar qo’yish bilan bayram tadbiri boshlandi.

  Unda viloyat hokimligi, Yozuvchilar uyushmasining viloyat bo’limi vakillari, Halima Xudoyberdiyeva  nomidagi ijod maktabi jamoasi, korxona va tashkilotlar, ta’lim muassasalari hamda keng jamoatchilik vakillari, yoshlar ishtirok etdilar.

     Olim Xo'jayev nomidagi musiqali drama teatrida sahnalashtirilgan ma'naviy-ma'rifiy bayram tadbiri o'tkazildi.Tadbirni Viloyat hokimi o'rinbosari Otabek Nosirov  O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bayram tabrigi bilan ochib berdi.
  
   Musiqali sahnalashtirilgan bayram dasturida  ijod maktabi o'quvchilari ham ishtirok etib, o'zlarining ona tilimizni ulug'lovchi,madh etuvchi she'rlari bilan tadbir mehmonlarining olqishiga sazovor bo'lishdi.
         Viloyat OAVlariga intervyular berishdi.