Уроки независимости прошли в творческих школах при агентстве

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarida "Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik" shiori ostida mustaqillik darslari bo‘lib o‘tdi.

Xususan, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabidagi "Birinchi qo'ng'iroq" tadbiri oʻzgacha zavqqa boy bo‘ldi.

Shunigdek, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida tashkil etilgan tadbirda Oliy Majlis Senati a’zosi, O‘zbekiston xalq shoirasi Enaxon Siddiqova o‘quvchilarini yangi o‘quv yili bilan tabrikladi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida ham "Bilimlar kuni" keng jamoatchilik vakillari ishtirokida tashkil etildi. Unda ijod maktabining o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar namoyish etildi.

Xuddi shunday tadbir Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida bo'lib o'tdi.

Halima Xudoyberidyeva nomidagi ijod maktabida esa “Men nechun sevaman O‘zbekistonni?” mavzusida “Mustaqillik darsi” o‘tildi va istiqlolning ahamiyati tushuntirildi.