56-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan Azimjon Jamolov bilan intervyu.
📌Azimjon Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda tahsil oladi.
▶️ “Olimpiadaning taqdirlash marosimida kumush medal sohiblarini e’lon qilib bo‘lishgandan keyingina yengil tortdim - endi oltin medal olishim aniq bo‘lgandi”.
▶️ “Kimyoga qiziqishimga dadam sabab bo‘lganlar. Umuman, oilamizda hamma o‘qishimizni qo‘llab-quvvatlaydi”.
▶️ “Men mavzularni yodlashdan ko‘ra, tushunish tarafdoriman. Nimani yaxshi tushunsam, o‘sha mavzuni eslab qolishim va amalda qo‘llashim osonroq bo‘ladi".
▶️ “Chetda qolib ketish niyatim yo‘q. O'zbekistonga qaytishni, yurtimning taraqqiyotiga xizmat qilishni istayman. Chunki, mening Vatanim shu yer”.