“BUGUN NIMANI O‘RGANMASAM, ERTAGA SHU MENING ZARARIMGA ISHLASHI MUMKIN”

56-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan Azimjon Jamolov bilan intervyu. 

📌Azimjon Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda tahsil oladi.

“Olimpiadaning taqdirlash marosimida kumush medal sohiblarini e’lon qilib bo‘lishgandan keyingina yengil tortdim - endi oltin medal olishim aniq bo‘lgandi”.

“Kimyoga qiziqishimga dadam sabab bo‘lganlar. Umuman, oilamizda hamma o‘qishimizni qo‘llab-quvvatlaydi”.

“Men mavzularni yodlashdan ko‘ra, tushunish tarafdoriman. Nimani yaxshi tushunsam, o‘sha mavzuni eslab qolishim va amalda qo‘llashim osonroq bo‘ladi".

“Chetda qolib ketish niyatim yo‘q. O'zbekistonga qaytishni, yurtimning taraqqiyotiga xizmat qilishni istayman. Chunki, mening Vatanim shu yer”.

Azimjon bilan intervyu: