Ko'p beriladigan savollar


2021-2022-o'quv yili uchun Toshkent, Xiva, Namangan va Nukus shahridagi Prezident maktablariga  o‘quvchilar o'tgan yilgi pandemiya sababli 5-6-sinflarga qabul qilinadi. 
Andijon,Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Farg‘ona va Toshkent viloyatlaridagi yangi ochilayotgan Prezident maktablariga 5-10-sinflarga o‘quvchilar qabul qilinadi.


– Agentlik tizimidagi ta'lim muassasalarida mavjud bo‘sh o‘rinlar haqida https://job.piima.uz saytidan ma'lumot olishingiz mumkin


– 2022-2023 o'quv yili uchun Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 5-sinfiga o'quvchilar qabul qilish rejalashtirilgan.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi “Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi PF-106 – sonli Farmoniga muvofiq Agentlik maktablarida Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan xodimlar ish haqi fondining 100 foizi miqdorida rag‘batlantirish jamg‘armasi shakllantirilishi belgilangan.

Yuqoridagi hujjatga muvofiq oyilik ish haqqiga 100 foizgacha ustamalar belgilanadi.


Qabul natijasiga ko'ra bir xil ball to'plagan talabgorlar soni belgilangan qabul kvotasidan oshib ketgan taqdirda talabgorga quyidagicha tartibda ustunlik beriladi:
1-blok savollari bo'yicha yuqori ball to'plaganlar;
2-blok savollari bo'yicha yuqori ball to'plaganlar;
3-blok savollari bo'yicha yuqori ball to'plaganlar;
tug‘ilgan sanasi bo'yicha (yoshroq nomzod tanlanadi).


Hududlardagi har bir maktabning kvotasi va konkursidan kelib chiqib, o‘tish ballari tubdan farq qiladi. Shu sabab, bir hududda (masalan, Qorako‘ldagi maktab) ball o‘ta yuqori bo‘lishi, boshqa hududda esa ball nisbatan past bo‘lishi mumkin.


Talabgorning birinchi bosqich imtihonlarida egallagan ballari uning ikkinchi bosqich imtihonlarida inobatga olinmaydi. 


Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi tanqidiy fikrlash, muаmmoni hal qilish va ingliz tilidan bo'lib o'tadi.


Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan bunday talabgorlarga 2022-yil 8-IYUL kuni qayta imtihon tashkil etiladi. Bugungi kunda imtihonga kechikib kelganlar va hujjatida kamchilik aniqlanganlarning ro'yxati shakllantirilmoqda. 

Qayta imtihon kuni haqida ro'yxatdagi talabgor-o'quvchilarning telefon raqamiga sms-xabarnoma yuboriladi.


Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘qishga hujjat topshirgan IELTS xalqaro sertifikatiga ega o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilishda ularga imtiyozlar berilishi ko‘zda tutilmagan.


Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarda 2022-2023-o‘quv yili joriy yilning sentyabr oyidan boshlanishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, qabul 30-iyunga qadar uzaytirildi. 


•  Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
•  3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan); 
•  baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
•  pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).

Maʼlumotlar 2022/2023-yil uchun amalda.


Mazkur maktablarga kirish imtihonlari o'quvchilarning yoshiga mos tarzda, maktab darsliklari asosida tashkil etiladi.


Agentlik tizimidagi aniq fanlar yo'nalishiga o'qishga hujjat topshirgan o'quvchilarga matematika, fizika, informatika va ingliz tili fanlari, tabiiy fanlar yo'nalishiga o'qishga hujjat topshirgan o'quvchilarga esa kimyo, biologiya va ingliz tili fanlari o'quvchilarni ikki guruhga bo'lgan holda tashkil etiladi.