O‘quvchilarni qishki ta’til kunlarini hamda “Yangi yil bayrami” tadbirini mazmunli tashkil etish. | 2021-yil yanvar |
14 yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan “Harbiy vatanparvarlik oyligi” doirasida “Ajdodlar qahramonligi yoshlarga ibrat”, “Mamlakatimiz qurolli kuchlari tinchlik va osoyishtaligimz garovi” mavzularida ma’ruza, davra suhbatlari, muloqot va uchrashuvlar turkumini tashkil etish. | 2021-yil yanvar |
Buyuk allomalarimiz Alisher Navoiy tavallud kunining 580 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunining 538 yilligini nishonlash yuzasidan uchrashuvlar, davra suhbatlari, ilmiy anjuman va tadbirlar tashkil etish. | 2021-yil fevral |
Agentlik tasarrufidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” klublari faoliyatini rivojlantirish va Respublika turnirini o‘tkazish. | 2021-yil fevral |
21-mart – “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan:
| 2021-yil mart |
Yosh avlodni mehr va muruvvat ruhida tarbiyalash, boy kasbiy va hayotiy tajribalar, ezgu an’analar, madaniy-ma’rifiy qadriyatlarning uzviyligini ta’minlash maqsadida “Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlab turkum tadbir o‘tkazish. | 2021-yil aprel-may
|
Agentlik tasarrufidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Musiqa, raqs, tasviriy san’at, dramaturgiya” yo‘nalishlarida ijodiy festival tashkil etish. | 2021-yil aprel |
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi bayramini yuqori saviyada va keng miqyosda nishonlash bo‘yicha tadbirlarni tashkillashtirish. | 2021-yil avgust
|
1-oktabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni bayrami munosabati bilan “Sizga ta’zim, sizga ehtirom aziz ustozlar” shiori ostida tantanali ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazish. | 2021-yil avgust
|
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqidagi qonun” qabul qilingan kunga bag‘ishlangan tadbirlar tashkil etish. | 2021-yil avgust-sentabr |
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan “Bayrog‘imiz faxrimiz, g‘ururimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir uyushtirish. | 2021-yil avgust-sentabr |
Agentlik tasarrufidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovini tashkil qilish. | 2021-yil noyabr |
8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlab “Konstitutsiya haftaligi” tadbirlarini o‘tkazish. Haftalik davomida ilmiy-amaliy anjuman, fotoko‘rgazma, trening, viktorinalar tashkil etish. | 2021-yil dekabr |