Agentlik haqida

“Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–5188-son, 19.07.2021 y.) qabul qilindi.

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi – Prezident ta'lim muassasalari agentligi etib qayta nomlandi.

Qaror bilan Jamg'arma Vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlandi. Vasiylik kengashi raisi — O'zbekiston Respublikasi Prezidenti.

Prezident ta'lim muassasalari agentligi huzurida Iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi faoliyati yo'lga qo'yildi.

“Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–5188-son, 19.07.2021 y.) qabul qilindi.

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi – Prezident ta'lim muassasalari agentligi etib qayta nomlandi.

Qaror bilan Jamg'arma Vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlandi. Vasiylik kengashi raisi — O'zbekiston Respublikasi Prezidenti. Prezident ta'lim muassasalari agentligi huzurida Iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi faoliyati yo'lga qo'yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezident ta’lim muassasalari agentligi faoliyatining asosiy vazifalari va yo’nalishlari quyidagilardan iborat: 

Xalqaro (International Advanced Levels) dasturlar talablariga muvofiq o‘quvchi va pedagog kadrlarning STEAM fanlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni baholash hamda ularga xalqaro darajadagi AS va A-LEVEL sertifikatlarini berish amaliyotini yo‘lga qo‘yish;

Agentlik tizimidagi maktablarni A. Navoiy nomidagi Milliy kutubxonaning elektron axborot-kutubxona fondiga va yetakchi xorijiy axborot-kutubxona resurslari fondlariga ulash, o‘quvchilarga mazkur kutubxonalardan keng foydalanishga imkoniyat yaratish;

Agentlik tizimidagi maktablar o‘quvchilarini liderlik, tizimli tahlil qilish, kreativ va tanqidiy fikrlash, notiqlik san’ati, loyihalarni boshqarish ko‘nikmalariga o‘rgatish;

Prezident maktablarida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularga keyinchalik o‘qishini davom ettirish uchun oliy ta’lim muassasalarini tanlashda ko‘maklashishga qaratilgan “Maktab maslahatchisi” (School Counsellor) dasturini joriy etish;

malakali mutaxassislar, mentorlar (ustozlar), ekspertlar va axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlarni jalb etgan holda Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv IT ta’limni joriy qilish;

ijod maktablarida o‘quvchilarning chet el adabiyotlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish ko‘nikmasini shakllantirish uchun “Yosh tarjimonlar to‘garagi”ni tashkil etish;

ijod maktablarida veb-dizayn, kompyuter grafikasi, tasviriy va raqamli san’at, audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash hamda aktyorlik mahorati yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan to‘garaklarni ochish;