Agentlikka murojaat

Hurmatli foydalanuvchi

Siz “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligiga ariza, taklif, shikoyat va elektron murojaat yuborish huquqiga egasiz.

Murojaatlarning turlari

Murojaatlar ariza, taklif, shikoyat va elektron murojaat tarzida bo‘lishi mumkin.

  1. Ariza - huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimos bayon etilgan murojaat;
  2. Taklif - davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni o‘z ichiga olgan murojaat;
  3. Shikoyat - buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish to‘g‘risidagi talab bayon etilgan murojaat;
  4. Elektron murojaat - belgilangan tartibda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida berilgan, shu jumladan davlat organining, tashkilotning rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan murojaat, real vaqt rejimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda berilgan og‘zaki murojaatlar bundan mustasno

Murojaatlar, ularning turi va shaklidan qat’i nazar, bir xil ahamiyatga ega.

“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida Yuklab oling. (pdf. 548 KB)

Ariza, taklif, shikoyat va elektron murojaat yuborish