Ijod maktablari tashkil etilishining maqsadi va vazifasi:
Badiiy adabiyot va ijod sohalariga qiziqadigan, iqtidorli yoshlarni isteʼdodni yana-da rivojlantirish uchun barcha hududlarda sharoit yaratish.
Iqtidorli yoshlarga adabiyot, tilshunoslik va chet tilini mukammal oʻrgatish.
Bugungi kunda:
Atoqli adib va shoirlarimiz nomlari bilan atalgan 9 ta ijod maktabi mavjud (1 623 nafar oʻquvchiga 246 nafar pedagog taʼlim bermoqda).
Jumladan, Muhammadrizo Ogahiy (Xorazm), Isʼhoqxon Ibrat (Namangan), Abdulla Qodiriy (Toshkent), Hamid Olimjon va Zulfiya (Jizzax), Ibroyim Yusupov (Qorqalpogʻiston Respublikasi), Erkin Vohidov (Fargʻona), Abdulla Oripov (Qashqadaryo), Halima Xudoyberdiyeva (Sirdaryo), Muhammad Yusuf (Andijon).
2019-yilda 3 ta ijod maktabi ochildi. Ogahiy Xivada, Halima Xudoyberdiyeva Gulistonda, Abdulla Qodiriy Toshkentda.
2020-yilda Buxoro(Muxtor Ashrafiy, bastakor) va Surxondaryo (Roʻzi Choriyev, rassom) viloyatlarida ijod maktablari ochilishi rejalashtirilmoqda.
Yangi oʻquv yilidan:
ijod maktablarining oʻquv rejasi takomillashtirilib, yangi ixtisoslik fanlar qoʻshiladi.
Jumladan, Adabiyot qoidalari, Adabiy jarayon, Notiqlik sanʼati, Xalq ogʻzaki ijodi, Matnshunoslik, Publitsistika, Tarjima qoidalari, Dramaturgiya fanlarini oʻqitishga xaftasiga 25 soat ajratiladi (7-11 sinfda jami soat 175);
Ijod maktablari oʻquvchilari dunyo kinematografiyasining 100 ta eng yaxshi namunasini va dunyo adabiyotining eng sara 100 ta asarini toʻliq oʻrganib, tahlil qiladi.
Ijod maktabining umumtaʼlim maktabidan farqi:
Oʻquvchilar 7 sinfdan, tanlov asosida qabul qilinadi.
Yangi oʻquv yilidan ijod maktablarining oʻquv rejasi takomillashtiriladi. Jumladan.
12 ta asosiy fanning (ona tili va adabiyot, tarix, matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika, tarbiya, rus tili, ingliz tili, geografiya, chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik) darslik va oʻquv dasturlarini yangidan ishlab chiqiladi va interaktiv tarzda chuqurlashtirib oʻqitiladi.
10 ta toʻldiruvchi fanning (musiqa, tasviriy sanʼat va chizmachilik, texnologiya, jismoniy tarbiya, dunyo dinlari tarixi, davlat va huquq asoslari, odobnoma, vatan tuygʻusi, iqtisodiy bilim va tadbirkorlik asoslari) bir qismi asosiy fanlarga integratsiya qilinishi va qolganlarini fakultativ sifatida oʻqitilishi belgilanadi.
Ijod maktablari oʻquvchilari boʻlajak tarjimon, jurnalist, lingvist olim, shoir, yozuvchi, diplomat boʻlishi bilan bir qatorda, vatanparvarlikni targʻib qiluvchi kadr boʻlib yetishishadi