Atamalar izohli lugʻati

Atamalarning izohli lug‘ati

 

  1. AKT - Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari;

  2. AT - Axborot tizimi;

  3. AX - Axborot xavfsizligi;

  4. AXS - Axborot xavfsizligi siyosati;

  5. AKHQV - Axborotni kriptografik himoya qilish vositalari;

  6. ERI - Elektron raqamli imzo;

  7. Portal - Ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi interaktiv portali;

  8. Ochiq ma‘lumotlar - Erkin foydalanish maqsadida Internet tarmog‘ida joylashtirilgan davlat organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborot;

  9. ARIZA.PIIMA.UZ - Ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi tasarrufidagi prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va maktablarga onlayn ariza topshirish axborot tizimi;

  10. MAKTAB.PIIMA.UZ - Ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi tasarrufidagi prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va maktablarning E-KUNDALIK axborot tizimi;

  11. EDU.PIIMA.UZ - Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining o’quvchi hamda o’qituvchilarining masofaviy ta’lim axborot tizimi.

  12. NIS.UZ-axborot tizimi - tashkilotlarda raqamli transformatsiya va hududlarda raqamli iqtisodiyot holatini reyting baholash jarayonlarini avtomatlashtirish uchun qo’llaniladigan idoralararo axborot tizimi.

  13. Indikator - axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligi reyting baholanishi lozim bo’lgan asosiy ko’rsatkich.

  14. Indeks - raqamli transformatsiya va raqamli iqtisodiyot holatini reyting baholashda qo’llaniladigan indikatorlar jamlanmasi.

  15. Reyting baholash - reyting ko’rsatkichlari va indikatorlari yordamida raqamli rivojlanish holatini baholash orqali tashkilotlar hamda hududlarni eng yuqori natijadan eng past natijagacha saralangan ro’yixatdagi o’qituvchilarini belgilash.

  16. “YASHIL” - 71 balldan 100 ballgacha baholangan tashkilot.

  17. “SARIQ” - 55 balldan 71 ballgacha baholangan tashkilot.

  18. “QIZIL” - 55 balldan past baholangan tashkilot.