Taxirov Bosit Baxtiyorovich - 1978-yilda Toshkent shahrida tug'ilgan.
G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisod akademiyasining Toshkent shahridagi filiali, Toshkent moliya instituti hamda O'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.
Mutaxassisligi bo'yicha iqtisodchi, bank ishi, moliya.
O'zbek, rus, ingliz tillarini biladi.
- 2005-2009 yy. — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining boʻlim boshligi.
- 2009-2010 yy. — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisod vazirligi XMI bilan hamkorlik qilish boʻlimi boshligi.
- 2010-2017yy. — O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining demografiya, aholi turmush darajasi va ijtimoiy rivojlantirish Bosh boshqarmasi boshlig'i.
- 2017-2019yy. — O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta'mirlash direksiyasining iqtisodiy va umumiy masalalari bo'yicha direktor o'rinbosari.
- 2019-2019yy. — Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi xalq ta'limini rivojlantirish jamg'armasining ijrochi direktori.
Oilali, uch nafar farzandi bor.