Prezident maktablarini tashkil etilishining maqsadi va vazifasi:
Prezident maktabi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim muassasasi hisoblanib, uning faoliyati yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun iqtidorli bolalarni aniqlash va o‘qitishni ta’minlashga qaratilgan.
14 ta Prezident maktabi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-fevraldagi «Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4199-qarori asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil qilinadi.
2019-yilda Prezident maktab-internatlari Toshkent, Xiva, Nukus va Namanganda ochildi.
Prezident maktablarining dastlab cheklangan miqdorda tashkil etilishi ushbu muassasalarni boshqarish uchun mutlaqo yangi modelni sinab koʻrish zarurati bilan bog`liq. Prezident maktablarini 2020 - 2021-yil oraligʻida Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida qurish rejalashtirilgan.
Prezident maktablarida bepul umumiy o`rta ta`lim beriladi.
Prezident maktablarini tashkil etishdan ko`zlangan asosiy maqsad ta`lim jarayonida ilg`or texnologiyalarni qo`llash orqali iqtidorli bolalarni aniqlash va o`qitish tizimini shakllantirish, shuningdek, iqtidorli yoshlarni qo`llab-quvvatlash va rag`batlantirish, ma`naviy boy va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash kafolatlarini ta`minlashdan iborat.
Prezident maktabi faoliyatining asosiy vazifalari va ustuvor yo‘nalishlari:
Maqsadimiz
«Millatning xalqaro olimpiadalarda, tanlovlarda g‘olib bo‘ladigan va dunyoning eng yaxshi oliy o‘quv yurtlariga kira oladigan kelajakdagi yetakchilarini, o‘quvchilarini tayyorlash. Biz jahon maydonida raqobatbardosh bo‘la oladigan yetakchilarni tarbiyalaymiz».