O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5032-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida agentlik tomonidan qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, ixtisoslashtirilgan maktablar uchun maxsus fizika o`quv dasturi ishlab chiqilmoqda. Ushbu o`quv dasturi qudagilarni o`z ichiga oladi.
Ushbu dasturni ishlab chiqish jarayonida quydagilarga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ushbu dasturni yaratayotgan bir guruh professor o‘qituvchilar tomonidan taklif etilayotgan o`quv dasturida o`quvchi fizika fanini uch bosqichda o`rganadi.
Birinchi bosqich: 5-6-sinf o`quvchilari uchun bo`lib, bunda o`quvchilar fizika fanining barcha bo`limlarini boshqa fanlar bilan birgalikda murakkab formula va hisob-kitoblarsiz, suratlar va sodda hayotiy jarayonlar orqali ko`rib chiqadi hamda o`quvchilarda fanga qiziqish va fanda mavjud bo`lgan dastlabki tushunchalar shakllantiriladi.
Ikkinchi bosqich: 7- 8- 9-sinflarni o`z ichiga olgan bo`lib, uch yil davomida o`quvchilar umumiy fizika kursining barcha bo`limlarini qaytadan ko`rib chiqadi. Ikkinchi bosqichda berilayotgan mavzular o`quvchilarni yoshini hamda boshqa fanlarda olgan bilimlarini hisobga olgan holda soddalashtirilgan.
Uchinchi yakunlovchi bosqich: fizika fanining barcha mavzulari to`liq berilgan bo`lib, avvalgi ikki bosqichni to`liq qamrab oladi va to`ldiradi. Bu bosqichda o`quvchi fizika fani bo`yicha o`zlashtirishi kerak bo`lgan barcha nazariy bilim-ko`nikmalar va amaliy malakani to`laligicha shakllantirib ulguradi.
Hozirda ushbu o`quv dasturining barcha sinfar uchun mavzular ketma-ketligi tuzib chiqilgan. Tuzilgan mavzular asosida esa 5- 6-sinflar uchun dastlabki “Fizika alifbosi” ishlab chiqildi. Bunda fizika fani kimyo, biologiya, geografiya va astronomiya kabi fanlar bilan mutanosiblikda, murakkab formula va hisob-kitoblarsiz, suratlar va sodda hayotiy jarayonlar orqali tushuntirilgan. Ushbu belgilab olingan mavzularni o`rganish jarayonida o`quvchilar egallaydigan bilim, ko`nikmalarni baholash uchun maxsus vazifa va topshiriqlar ishlab chiqish aniq vazifa qilib belgilangan.