Fizika fani bo‘yicha yangicha metodik qo‘llanma

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5032-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida agentlik tomonidan qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, ixtisoslashtirilgan maktablar uchun maxsus fizika o`quv dasturi ishlab chiqilmoqda. Ushbu o`quv dasturi qudagilarni o`z ichiga oladi.

  • Fizika fani mavzulari qanday ketma-ketlikda o`quvchilarga berilishi zarurligi;
  • belgilab olingan mavzularni darslikda bayon qilish tartibi va usuli;
  • o`quvchi o`zlashtirgan har bir mavzudan qanday nazariy bilim, ko`nikma va amaliy malakaga ega bo`lishi kerakligi mavzular kesimida belgilab qo`yilishi;
  • fizika fanini o`qitishda zamonaviy kompyuter texnologiyalardan samarali foydalanish;
  • o`quvchining bilim-ko`nikmalarini mustahkamlash hamda mavzularni o`zlashtirganlik darajasini belgilash uchun har bir mavzu kesimida nazariy va amaliy topshiriqlar tuzish;
  • o`quvchilar bajargan vazifalarni baholash mezoni.

 Ushbu dasturni ishlab chiqish jarayonida quydagilarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

  • o`quvchilarning yoshi;
  • o`quvchilarning hozirgi kundagi qiziqishlari;
  • o`quv dasturining uch bosqichli bo`lishi;
  • ta’lim sohasida yuqori natijalarga ega xorijiy davlatlar tajribasi;
  • o`quvchiga berilayotgan bilimlar kundalik hayotda zarurligi;
  • o`quvchilar olgan bilimlarini amaliyotda qo`llay olishiga yo`naltirilganligi;
  • fizika fanini o`rganish bilan birga o`quvchining dunyoqarashi va fikrlash qobilyatini shakllantirishga qaratilganligi.

Ushbu dasturni yaratayotgan bir guruh professor o‘qituvchilar tomonidan taklif etilayotgan o`quv dasturida o`quvchi fizika fanini uch bosqichda o`rganadi. 

Birinchi bosqich: 5-6-sinf o`quvchilari uchun bo`lib, bunda o`quvchilar fizika fanining barcha bo`limlarini boshqa fanlar bilan birgalikda murakkab formula va hisob-kitoblarsiz, suratlar va sodda hayotiy jarayonlar orqali ko`rib chiqadi hamda o`quvchilarda  fanga  qiziqish va fanda mavjud bo`lgan dastlabki tushunchalar shakllantiriladi. 

Ikkinchi bosqich: 7- 8- 9-sinflarni o`z ichiga olgan bo`lib, uch yil davomida o`quvchilar umumiy fizika kursining barcha bo`limlarini qaytadan ko`rib chiqadi. Ikkinchi bosqichda berilayotgan mavzular o`quvchilarni yoshini hamda boshqa fanlarda olgan bilimlarini hisobga olgan holda soddalashtirilgan. 

Uchinchi yakunlovchi bosqich: fizika fanining barcha mavzulari to`liq berilgan bo`lib, avvalgi ikki bosqichni to`liq qamrab oladi va to`ldiradi. Bu bosqichda o`quvchi fizika fani bo`yicha o`zlashtirishi kerak bo`lgan barcha nazariy bilim-ko`nikmalar va amaliy malakani to`laligicha shakllantirib ulguradi.

Hozirda ushbu o`quv dasturining barcha sinfar uchun mavzular ketma-ketligi tuzib chiqilgan. Tuzilgan mavzular asosida esa 5- 6-sinflar uchun dastlabki “Fizika alifbosi” ishlab chiqildi. Bunda fizika fani kimyo, biologiya, geografiya va astronomiya kabi fanlar bilan mutanosiblikda, murakkab formula va hisob-kitoblarsiz, suratlar va sodda hayotiy jarayonlar orqali tushuntirilgan. Ushbu belgilab olingan mavzularni o`rganish jarayonida o`quvchilar egallaydigan bilim, ko`nikmalarni baholash uchun maxsus vazifa va topshiriqlar ishlab chiqish aniq vazifa qilib belgilangan.