11 mart kuni Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 7-8-sinflari o`rtasida “O`zbekiston bo`ylab sayohat” mavzusida bellashuv bo`lib o`tdi.
Bellashuv quyidagi shartlar asosida o`tdi.
1. Sinflar tomonidan fan oyligiga tayyorlangan ijodiy ishlar;
2. Salomlashuv. Guruh nomi, shiorini tanishtish, geografiya faniga hissa qo`shgan olimlar haqida ma’lumot berish;
3. Tezkor savollar. Har bir sinfdan 5 tadan ishtirokchi chiqadi har biriga 5 tadan savol beriladi. Har bir guruhga 25 tadan savol;
4. Reklama sharti. 8-sinflar O`zbekistondagi tarixiy obidalari bor bo`lgan viloyatlar haqida, 7-sinflar O`zbekistondagi tabiiy dam olish joylari bor bo`lgan viloyatlar haqida reklama qiladilar;
5. Erkin mavzu. Sinflar o`zlari tanlagan hududlaridagi viloyatlarni milliy raqs, milliy qo`shiqlarini ijro etadilar.
Bellashuv qizg`in, ko`tarinki ruhda bo`lib o`tdi. Yakuniy hisob bo`yicha 7-sinf o`quvchilari 1-o`rinni egalladilar.