“Happy childhood” nomli uchrashuv tashkil etildi

 

Joriy yilning 12 may kuni Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida Ingliz tili fanidan Nukus shahridagi Prezident maktabi bilan hamkorlikda “Happy childhood” nomli uchrashuv tashkil etildi. Uchravushda maktab o’quvchilari foal ishtirok etishdi va o’z nutqlarini ingliz tilida bayon etishib, “How to make a good public speech?”, “Children learn what they live with”, “Achieving dreams” mavzularida suhbat tashkil etildi va o’quvchilar o’z fikr va munosabatlarini har xil prezentatsiyalar va video-roliklar orqali namoyon etishdi. Bundan tashqari Prezident maktabi o’quvchilari tomonidan roboto-texnika kurslarida amalga oshirilgan ishlari namuna sifatida havola qilindi. Uchrashuvdan ko’zlangan maqsad o’quvchilar o’rtasida bilim va tajribalarini bo’lishish, do’stona munosabat o’rnatish va tajriba oshirishdan iborat.