Hashar- ezgu qadriyat

Xalqimizning yillar davomida shakllangan ezgu qadriyati - hashar yurtimizni yanada obod va fayzli, ko'rkam qilishda muhim o'rin tutadi.

Bugun butun mamlakatimiz bo'ylab o'tkazilgan umumxalq xayriya hasharida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi xodimlari ham faol ishtirok etishdi. Agentlik tasarrufidagi maktablar xodimlari ham darslar tugashi bilan hasharga kirishishdi.

Umumxalq xayriya hasharida hamma birdek ishtirok etdi. Jumladan, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida har bir sinf o‘ziga biriktirilgan hududni obodonlashtirish,  ko‘kalamzorlashtirish orqali o‘quvchilar bir jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmasini  yanada mustahkamladi.

Namangan shahridagi Prezident maktabida ham maktab, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirib, hududga yanada fayz olib kirildi.

 Xuddi shunday Ishoqxon Ibrat nomidagi maktab-internati hududida va atroflarida obodonlashtirish ishlari o'tkazildi.

Shu bilan birga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari maktabi, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining xodimlari  va boshqa maktablar ham o‘tkazilgan hasharda yurtimizni obodonlashtirish yo'lida o‘z hissasini qo‘shdi.