Kelajakda MIT va Garvard universiteti bilan hamkorlikda yangi yo'nalishlar ochiladi

 "Yangi O'zbekiston" universiteti delegatsiyasining AQSHning Massachusetts texnologiya instituti (MIT) hamda Garvard universiteti bilan bo'lib o'tgan uchrashuvlari davomida istiqbolli maqsadlar belgilab olindi. 

Uchrashuvlar davomida: 
- MIT ekspertlari ishtirokida universitet tuzilmasi va yangi yo'nalishlarda o'quv loyihasini ishlab chiqish;
- professorlar almashinuvi va universitet talabalarining AQSHga qisqa muddatli amaliyotini doimiy ravishda yo'lga qo'yish;
- Professor Jon Brisson, Dr. Katerina Bagiati kabi MIT va Garvard universitetining tajribali professorlarini universitetga jalb etish;
 - MIT va Garvard universiteti bilan hamkorlikda kelajakda ochilishi kutilayotgan yangi yo'nalishlar tuzilmasini ishlab chiqish kabi masalalar yuzasidan kelishuvga erishildi.

Tashriflar davomida, shuningdek, NASA Johnson Space Center vakillari bilan dastlabki muzokaralar boshlandi. Unda, tomonlar "Yangi O'zbekiston" universitetining NASA bilan kelajakdagi hamkorligi, jumladan, talabalarning NASA huzuridagi ilmiy-tadqiqot markazlaridagi amaliyoti va aerokosmik sohasidagi yangiliklar bilan yaqindan tanishib borishi yuzasidan suhbatlashishdi.

Bu kabi kelishuvlar, talabalarning jahon standartlariga muvofiq ta'lim olishlari va yuqori texnologiyalar asosida tajribaga ega bo'lishlari uchun eng muhim  qadamlardan biri hisoblanadi.