Kitobxonlik targ‘iboti yo‘lida

Yurtimizda yoshlarning kitobga, mutolaaga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni barkamol avlod qilib tarbiyalashda hududlardagi maktablarda olib borilayotgan ishlar alohida ahamiyatga ega. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbus ham aynan ayni maqsadlarni ko‘zda tutadi.  Ushbu 5 tashabbusning ijrosi sifatida  o‘quvchi yoshlarni ma’naviyatli etib  voyaga yetkazish muhim maqsadlardan biri. Shu asnoda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda kitobxonlik targ‘ibotiga bag‘ishlangan tanlov va tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. 

 Xususan, Is'hoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati 8-sinf o'quvchisi Sobirjonov Shohrux viloyat Bolalar kutubxonasi va Milliy tiklanish partiyasi tomonidan o'tkazilgan "Bir bolaga 100 kitob" nomli tanlovda faxrli birinchi o'rinni egalladi.

 Tanlovda Namangan viloyatining eng kitobxon 100 ga yaqin o'quvchilari ishtirok etishdi.