Maktabda DTM namunasidek blok testlar o‘tkazildi

 

O‘quvchilarni  kelgusi imtihon testlariga tayyorlash, ularda  ko'nikma hosil qilish va bilim salohiyatini mustahkamlash maqsadida joriy yilning 13 – mart kuni   Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida DTM namunasidek, blok test olindi. Test  tabiiy yo'nalish fanlaridan bo'ldi.  

Bu kabi sinov test jarayonida o‘quvchilar nafaqat bilimlarini sinovdan  o‘tkazishadi, balki o‘zlari uchun qaysi fandan yanada chuqurroq tayyorgarlik ko‘rishlari lozimligini aniqlab olishadi.