O‘quvchilarni kelgusi imtihon testlariga tayyorlash, ularda ko'nikma hosil qilish va bilim salohiyatini mustahkamlash maqsadida joriy yilning 13 – mart kuni Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida DTM namunasidek, blok test olindi. Test tabiiy yo'nalish fanlaridan bo'ldi.
Bu kabi sinov test jarayonida o‘quvchilar nafaqat bilimlarini sinovdan o‘tkazishadi, balki o‘zlari uchun qaysi fandan yanada chuqurroq tayyorgarlik ko‘rishlari lozimligini aniqlab olishadi.